Kuni kecha O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Xosila Rahimova Surxondaryoning Denov tumanida katta ko`pkari uyushtirdi, bu haqda xonandanig matbuot kotibi xabar berdi.
Xonanda tomonidan qo`yilgan zotlarni yutib olish uchun ko`pkariga yurtimizning turli burchaklaridan chavandozlar tashrif buyurdi. Ko`pkarida Xosila Rahimova tomonidan qo`yilgan 20 ta tuya, 20 ta ot, 30 ta qo`y va 40 ta echki hamda pul mukofotlari sovrin sifatida o`ynaldi.
Ko`pkari Xosila Rahimovaning o`g`li Muhammadrizoning sunnat to`yi hamda qizi E`tiborxonning unashtiruv marosimi munosabati bilan o`tkazildi.
Qor yog`ib turganiga qaramay ko`pkariga ko`plab ko`pkarichilar ertalabki 9 dan kechki 7 gacha davom etdi. Darvoqe, ko`pkaridan oldin xonanda chavandozlarga “Bos-bos qamchi bos” taronasini ijro etib berdi.













