O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Darband va Mahachqala shaharlarida sodir etilgan terrorchilik harakatlari oqibatida ko`plab huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari va fuqarolar qurbon bo`lgani munosabati bilan Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinga maktub yo`llab, chuqur hamdardlik bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
O`zbekiston etakchisi Dog`istondagi terrorchilik hujumlarini qat`iy qoraladi hamda ushbu tahdidlarga qarshi kurashda tegishli tuzilmalarning faol hamkorligini davom ettirishga tayyorligini bildirdi.






