AsosiyDunyo

Ilk jangda halok bo`lgan britaniyalik bokschi yuragini boshqa odamga hadya qildi

Britaniyalik Kuba Mochik boks bo`yicha ilk professional jangda kuchli tan jarohati olib halok bo`ldi va yuragini boshqa odamga ko`chirib o`tkazish uchun hadya qildi, deb xabar berdi “Tengrinews.kz” nashri.

22 yoshli britaniyalik, asli kelib chiqishi polyak bo`lgan bokschi Kuba Mochik 19 noyabr kuni bo`lib o`tgan jangning uchinchi raundida nokaut bo`ldi va shundan keyin o`ziga kelmadi. O`sha kuni uning egizagi bo`lgan singlisi  Facebook sahifasida egizagini davolash uchun pul zarurligini aytib, odamlardan yordam so`radi. Ammo bokschi oradan ikki kun o`tib, miyasiga qon quyilishi oqibatida vafot etdi.

O`lim tafsilotlari bo`yicha surishtiruv o`tgan polisiya bokschi biror falokat ro`y bergan taqdirda, bemorlarga yordam berish maqsadida yuragini hadya qilishni vasiyat qilganini aniqladi.

Boshqa yangiliklar