AsosiyDunyo

Xitoylik qizaloq kir yuvadigan mashina ichida tiqilib qoldi

Xitoylik o`t o`chiruvchilar kir yuvadigan mashina ichidan tiqilib qolgan qizchani qutqarishdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

Voqea Xitoyning shimoli-g`arbida joylashgan Uchjun shahrida ro`y berdi. Chaqiruvga asosan etib kelgan o`t o`chiruvchilar, kir yuvadigan mashina ichida yig`lab o`tirgan qizaloqqa ko`zlari tushdi. Qizcha kirni qurituvchi joyga lyuk orqali kirib, orqaga qaytib chiqolmagan.

Vaziyatni o`rgangan o`t o`chiruvchilar kir yuvish mashinasini bo`laklarga ajratib, qurituvchi barabanni chiqarib olishga qaror qilishdi. Oradan yigirma daqiqa o`tgachgina, qizaloq sog`-salomat ozod etildi. Unga hech qanday shikast etmadi.

Boshqa yangiliklar