AsosiyDunyo

Rossiyalik teleboshlovchi Nikolay Drozdov mashinada piyodalar yo`lakchasidagi ayolni urib ketdi

Rossiyalik, 78 yoshli teleboshlovchi Nikolay Drozdov o`zining avtomobili bilan piyodalar yo`lakchasida turgan ayolni urib ketdi, deb xabar berdi “Sosmo.ru” nashri.

Ma`lum bo`lishicha, Nikolay Drozdov mashinaga tormoz beraman deb, pedallarni adashtirib qo`yish oqibatida gazni bosgan. YTH dan keyin u zudlik bilan mashinasidan tushib, ayolga yordam berishga shoshilgan va “Tez yordam”ga qo`ng`iroq qilgan.

Drozdov bo`lib o`tgan YTH haqida Rossiya OAVlariga shunday izoh berdi: “Ayol atrofga qaramay, kelardi. Men ham bunday mudhish voqea ro`y berishi mumkinligini xayolimga keltirmagandim. Tasodifan tormoz deb, gazni bosibman, mashina uni bosgani yo`q, shunchaki turtib yubordi”. 

Ammo shunga qaramay 53 yoshli Tatyana M. jiddiy tan jarohati olgan va kasalxonaga yotqizilgan. 

Manbaning xabar berishicha, ayol Moskva markaziy klinikalaridan biriga yotqizilgan va uning tos suyagi singan, tanasining boshqa a`zolari ham shilinib, lat egan.

Jabrlangan ayol Nikolay Drozdovga qo`shni bo`lgan uyda yashashi ma`lum bo`ldi, mashhur teleboshlovchi Tatyana M.ning holidan xabar olish uchun kasalxonaga bordi.

Boshqa yangiliklar