AsosiyDunyo

Fidel Kastro bilan vidolashishga millionlab odam yig`ildi

Gavanada Kuba inqilobi etakchisi Fidel Kastro bilan vidolashish marosimi o`tkazilayotgan joyga uni xotirlash uchun millionlab odamlar yig`ildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri. 

Bugun uning xoki solingan quti orolning sharqiga yo`l oladi. 3 dekabr kuni inqilobning beshigi bo`lgan Santyago-de-Kubada ommaviy motam marosimi bo`lib o`tadi.

Kuba inqilobining tarixiy etakchisi, rahbari bo`lgan Fidel Kastro 25 noyabr kuni 90 yoshda olamdan o`tdi. U 4 dekabr kuni Santyago-de-Kuba shahriga dafn etiladi. Kubada 26 noyabrdan boshlab, to`qqiz kunlik milliy motam kuni e`lon qilindi.

    Boshqa yangiliklar