1

Nogironligi uchun rafiqasi tashlab ketsa-da, u taslim bo`lmadi

Dunyo 30.11.2016, 16:34
Teglar: Erkak, Oila, Er-xotin
Nogironligi uchun rafiqasi tashlab ketsa-da, u taslim bo`lmadi

Qirg`izistonlik Rohatbek bundan olti yil ilgari mol boqish bilan shug`ullanardi, soppa-sog` yigit baxtsiz hodisa tufayli 1 guruh nogironiga aylandi, deb xabar berdi “Nonbox.ru” nashri. 

Usenxo`jaev Rohatbek 1983 yilda Qirg`izistonning At-bashi tumanida dunyoga kelgan. Baxtsiz hodisa tufayli to`shakka mixlanib qolgandan keyin u yangi kasbni egallashni niyat qildi.

Ayni paytda u charmdan qamchi, sumka, hamyon, telefon g`iloflarini, kamar, otning egar-jabduqlarini tayyorlamoqda. U yaratgan sumkalar 15 ming qirg`iz so`mi (200 $ AQSh dollari) deb baholanmoqda. Rohatbek yaratgan buyumlarni asosan xitoylik qirg`izlar sotib olib, dunyoga tarqatmoqda.

“Mol boqib yurganimda, yiqilib tan jarohati oldim, uzoq vaqt to`shakka mixlanib qoldim. Onam juda qiynaldi, nogiron bo`lib qolganimning ikkinchi yili rafiqam tashlab ketdi. Bolalar men bilan qoldi. Onamning ko`z yoshlariga chidolmaganimdan, bolalarimni boqish maqsadida o`zimni qo`lga oldim. Avvaliga qo`l mehnati orqali topgan pullarim faqat oziq-ovqat mahsulotlari sotib olish uchun etdi. Keyinchalik onamga atab, charmdan sumka tikdim. Qarasam, juda chiroyli chiqdi. Shundan keyin ancha sumka tikdim, ammo ular sotilmadi. Ularni nima qilsam ekan, deb o`ylab turganimda, tumanimizda festival o`tkazildi. Yaratgan sumkalarimni ko`rgazmaga qo`ydim, ular festival ishtirokchilarining e`tiborini tortdi”, deb hikoya qildi Rohatbek.  

Hozirda u yaratgan sumkalar 600 dan 15 ming qirg`iz so`miga (10 AQSh dollaridan  200 dollargacha) bo`lgan narxda sotilmoqda.  Sumka savdosidan yaxshigina daromad olmoqda.

“Hozircha vrachlar oyoqqa turishim haqida aniq bir xulosaga kelgani yo`q. Ba`zilari tuzalasan, desa, ba`zilari umid yo`q, deydi. Ayni paytda  men bu haqda o`ylab, siqilgandan ko`ra, bolalarimning kelajagini ta`minlashim kerakligi haqida ko`proq o`ylayapman...” dedi Rohatbek.

Sharhlar

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

26.09.2021, 17:45

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
O`zbekistonda 2030 yilga qadar oila instituti yanada mustahkamlanadi

27.05.2021, 16:56

AOKAda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.Anjumanda  “O`zbekiston Respublikasida oila institutini 2030 yilgacha yanada mustahkamlash konsepsiyasi” mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida...
Er-xotin 5 bosh qo`y o`g`irlab qo`lga tushdi

03.12.2019, 10:59

 Poytaxtimizning Mirobod tumanida yashovchi fuqaro H.N. Toshkent viloyati Ohangaron tumani IIBga ariza bilan murojaat qilib, 29 noyabrga o`tar kechasi o`ziga tegishli «Gulobod» mahalla fuqarolar yig`ini...
Buxorolik erkak qo`shxotinlikda ayblanib, unga bir yil ozodlikdan cheklash jazosi berildi

24.11.2019, 10:51

 G`ijduvonda X.S. ismli fuqaro qo`shxotinlikda ayblanib sudlandi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo`yicha G`ijduvon tuman sudi raisi Boborahim Ochilov ma`lum qilgan.1966 yili G`ijduvon tumanida tug`ilgan fuqaro...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1