Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumaniga ("Chorvoq" erkin turistik zonasiga) grafik asosida harakatlanuvchi mavsumiy avtobuslar qatnovi koʻpaytirildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar qildi.
Endilikda avtobuslar “Mashinasozlar” metro bekatidan soat 8:00, 09:00, 11:00 va 16:30 da joʻnaydi. Chorvoqdan (Humson) esa 6:00, 16:00, 18:00 va 19:00 harakatlanadi.
Qatnovlar "Uzautotrans service" korxonasining YUTONG avtobuslarida amalga oshirilmoqda. Ushbu yoʻnalishda yoʻlkira narxi 20 000 soʻm etib belgilangan.