AsosiyJamiyat

O'zbekistonga II–III asrlarga oid o'g'irlangan artefaktlar qaytarildi

O'g'irlangan madaniy boyliklar Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazida namoyish etiladi.

'O'zbekistonga II–III asrlarga oid o'g'irlangan artefaktlar qaytarildi'ning rasmi

Ularning respublikaga qaytarilishi Yevropa mamlakatlarida o‘tkazilgan keng qamrovli tergov natijasida amalga oshirildi.

II–III asrlarga mansub, Markaziy Osiyo hududidan noqonuniy olib chiqilgan madaniy qadriyatlar O‘zbekistonga qaytarildi, deb xabar qiladi “Dunyo” axborot agentligi.

Ma’lum qilinishicha, Buyuk Britaniya poytaxti politsiyasining san’at va antikvariat sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi tomonidan aniqlangan artefaktlar O‘zbekiston elchixonasiga topshirilgan. Ular keyinchalik vatanga olib kelinib, Toshkentda yangi ochilgan Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasiga qo‘yiladi.

London politsiyasi detektifi Sofi Xeyzning ta’kidlashicha, topilgan artefaktlar nafaqat O‘zbekiston, balki butun insoniyat merosiga tegishlidir. Tergov milliy va xalqaro ekspertlar, shuningdek, YeXHT hamda WOSCU tashkiloti ko‘magida olib borilgan.

    Boshqa yangiliklar