AsosiyJAMIYAT

Toshkent avtobusida erkak ayol ko‘zi o‘ngida uyatsiz harakat qildi

Toshkent shahridagi 169-yo‘nalishli avtobusda ayol yo‘lovchiga nisbatan uyatsiz xatti-harakat sodir etilgani haqida xabar tarqaldi.

'Toshkent avtobusida erkak ayol ko‘zi o‘ngida uyatsiz harakat qildi'ning rasmi

Ma’lum qilinishicha, voqea 6 iyul kuni ertalab soat 08:30–08:50 oralig‘ida sodir bo‘lgan. Jabrlanuvchining aytishicha, avtobus deyarli bo‘sh bo‘lgan. Dastlab erkak uning yoniga o‘tirgan, biroq undan kelayotgan noxush hid sababli ayol boshqa o‘rindiqqa o‘tgan.

Shundan so‘ng erkak oyoqlarini keng ochib, jamoat joyida axloq qoidalariga zid harakatlarni sodir eta boshlagan. Vaziyatdan shubhalangan ayol mobil telefoni orqali uni tasvirga olishni boshlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, erkak bir necha bor harakatini to‘xtatgan bo‘lsa-da, yana davom ettirgan.

Shundan keyin ayol unga e’tiroz bildirib, bu harakatlarini internetda e’lon qilishini aytgan. Erkak esa gap unga qaratilgan-qaratilmaganini so‘ragan. Ayol bu harakatlar aynan unga tegishli ekanini bildirganidan so‘ng, avtobus bekatga yaqinlashganda erkak yo‘l haqini to‘lamasdan tushib ketgan.

Jabrlanuvchi bu kabi holatlar ayniqsa voyaga etmagan qizlar uchun jiddiy ruhiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ta’kidlab, aybdor shaxs javobgarlikka tortilishi lozimligini qayd etgan.

Hozircha ushbu holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar rasmiy ma’lumot bermagan. Voqea ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda.

    Boshqa yangiliklar