AsosiyJamiyat

"Anhor" parkida oʻtkazilishi rejalashtirilgan "lenta-shou" bekor qilindi (video)

Ekologiya vazirligi osmondan lentalar yogʻilishini ekologiya uchun zararli ekanligini takidladi.

'"Anhor" parkida oʻtkazilishi rejalashtirilgan "lenta-shou" bekor qilindi (video)'ning rasmi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda "Anhor" parkida "lenta shou" oʻtkazilishi haqidagi xabarlar tarqalgan edi.


Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi tomonidan holat oʻrganildi.

Oʻrganish natijasida parkdagi "Amfiteatr"da "lenta-shou" uyushtirilishi, bunda animatorlar tomonidan lentalarni aylantirib, tomosha koʻrsatilishi, "osmondan lentalar yogʻilishi" esa e'tiborni jalb qilish uchun aytilganligi ma'lum boʻldi.  

Bayram tashkilotchilariga bu kabi shoular atrof-muhitning ifloslanishiga sabab boʻlishi, ekologiya uchun zararli ekanligi tushuntirildi.

"Natijada shu kuni oʻtkazilishi rejalashtirilgan "lenta-shou" bekor qilindi. Qolaversa, blogerlar tomonidan tarqatilgan videolar oʻchirildi",- deyiladi xabarda.

Boshqa yangiliklar