Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida Xitoyning Ecomoto xorijiy korxonasi tomonidan skuter ishlab chiqarish tashkil etilmoqda. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar bermoqda.
Yangiyo‘l tumani hokimi O.Ataullayev investorlar bilan uchrashib, Ecomoto korxonasi bilan memorandum imzoladi. Ushbu loyiha qiymatida to‘g‘ridan to‘g‘ri 10,0 mln dollar xorijiy investitsiyani kiritish hamda 50 ta doimiy ish o‘rnini yaratish rejalashtirilgan.
Mazkur loyihada ko‘rsatilgan zamonaviy va raqobatbardosh elektroskuterlar 2025 yilning 2-choragidan boshlab Yangiyo‘l tumanida ishlab chiqarila boshlaydi.