AsosiyJamiyat

Buxorolik yigit sevgilisining behayo rasmlarini tarqatib yubordi

Ijtimoiy tarmoqlarda video tarqatgan yigitga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

'Buxorolik yigit sevgilisining behayo rasmlarini tarqatib yubordi'ning rasmi

Buxorolik yigit sevgan qizining uyatli rasmlarini Telegramda tarqatib yubordi. Bu haqda IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Buxoro viloyatida yashovchi Ya.Sh. Kiberxavfsizlik markaziga murojaat qilib, o‘zining uyatli foto hamda video tasvirlari noma’lum shaxs tomonidan Telegram’da tarqatib yuborganligini aytgan.

Ma’sullar tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida jinoyatni Buxoro viloyatida yashovchi R.R. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan R.R. jabrlanuvchi Ya.Sh. bilan ma’lum vaqt ishqiy munosabatda bo‘lib kelgan va uning turli behayo fotosuratlarini Telegram orqali qo‘lga kiritib, uning qarindoshlariga tarqatib yuborganligi ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan R.R.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 141/3-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Boshqa yangiliklar