Britaniyaning Daily Mail gazetasi, 84 yoshli avstriyalik milliarder Rixard Lyugnerning 26 yoshli rafiqasi Keti Shmitsdan ajrashganligini ma`lum qildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.
Ularning turmush qurganiga ikki yil bo`lgan edi.
Keti Shmits – Lyugnerning beshinchi rafiqasi, nemis televideniesi boshlovchisi va Playboy ning sobiq modeli hisoblanadi. Ularning to`yi uchrashganlaridan etti oy o`tgandan keyin, 2014 yilda bo`lib o`tgan edi. Lyugner to`rtinchi rafiqasi bilan ajrashganda, endi hech qachon uylanmaslikka ahd qilgandi, ammo Keti Shmits uning nikoh haqidagi fikrini o`zgartirishga muvaffaq bo`ldi.
Ma`lumotlarga ko`ra, ular urush-janjalsiz, do`stona tarzda ajrashishgan.
Lyugner Vienna Opera Ball ga borganda unga hamrohlik qilgan uchun mashhur ayollarga katta miqdorda pul to`laganligi bilan nom qozongan. Unga Joan Kollinz, Sofi Loren, Pamela Anderson, Peris Xilton, Kim Kardashyanlar hamroh bo`lgan.