Kecha ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahar "Furqat shifoxonasi" hududida bir ayol mayna turkumiga kiruvchi yovvoyi qushga suv berayotgani aks etgan video tarqalgan edi. Andijon viloyati Ekologiya boshqarmasi ayolni topib, unga mukofot berdi.
Qayd etilishicha, ayolga Andijon viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi rahbariyati tomonidan tabiatga va uning ajralmas qismi bo‘lgan qushlarga be’etibor bo‘lmaganligi uchun minnatdorlik bildirildi hamda esdalik sovg‘asi taqdim etildi.