AsosiyDunyo

Mol boqib yurgan cho`pon tuproqdan chiqib turgan chaqaloq oyog`iga ko`zi tushdi...

Taylandning Kxonken provinsiyasida mol boqib yurgan cho`pon 7 oylik chaqaloqning erga chala ko`milganidan oyog`i chiqib turganini ko`rib qoldi, deb xabar berdi “Nonbox.ru” nashri.

Krongyut ismli cho`pon o`t-o`lanlar orasidagi tuproqdan chaqaloqning oyog`i chiqib turganiga ko`zi tushdi. Avvaliga u biror hayvon ko`milgan bo`lsa kerak, deb o`yladi. Yuztuban qilib, chala ko`milgan chaqaloqqa ko`zi tushgach, dodlab odamlarni yordamga chaqirdi.

Chaqaloq kasalxonaga olib borilganda uning tanasiga pichoq bilan 14 marta tan jarohati etkazilgani aniqlandi. Ammo tuproqqa ko`milgani unga katta yordam bergan, tuproq bosimi yaradan qon ketishiga yo`l qo`ymagan. Hozirda chaqaloq batamom sog`ayib ketgan va bolalar uyiga yuborilgan. 

Ayni kunlarda uni shvesiyalik yosh oila asrab olishga qaror qildi, ular “Kichkina bola shuncha azobni boshdan kechirdi, endi esa baxtli bolalik gashtini surishga haqli”, deb hisoblashdi.

Boshqa yangiliklar