AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda lift shaxtasidan ayol jasadi topildi

Marhumaning 3 nafar farzandi bo‘lgan.

'Qashqadaryoda lift shaxtasidan ayol jasadi topildi'ning rasmi

Respublika tez-tibbiy yordam ilmiy markazining Qarshi shahar filialiga qarashli eski temiryo‘l shifoxonasida faoliyat yurituvchi tibbiyot xodimi lift shaxtasidan o‘lik holda topildi. Bu haqda “Markaziy studiya” ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.

Aniqlanishicha, shifoxonada orastabon (sanitarka) bo‘lib ishlovchi ayol ish faoliyati davomida shifoxona binosidagi liftdan foydalanishga uringan. Ammo lift nosozligi bois uning shaxtasiga tushib ketgan. 

Tushga yaqin orastabon liftdan foydalanish uchun eshigini ochadi. Taxminlarga ko‘ra, lift nosozligi sababli 36 yoshli ayol lift shaxtasiga tushib ketadi, deyiladi jurnalist G‘olib Amirov tayyorlagan lavhada. 

Mas’ullarning jurnalistga ma’lumot berishicha, bu lift mutaxassis ishtirokida faqatgina og‘ir bemorlarga xizmat ko‘rsatgan.

Ayol ishda ko‘rinmay qolgani bois hamkasblari uning shu shifoxonada ishlaydigan singlisiga xabar bergan. Natija bo‘lmagach, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berilgan. 

20 soatdan ortiq qidiruvlardan so‘ng, 2024 yilning 4 avgust kuni 36 yoshli ayol lift shaxtasidan o‘lik holda topilgan. Jurnalistning ta’kidlashicha, voqeadan so‘ng ushbu liftdan foydalanish cheklab qo‘yilgan. 

Qo‘shnilariga ko‘ra, marhumaning 3 nafar farzandi bo‘lgan. Turmush o‘rtog‘i Rossiyada ishlaydi. 

Ayni paytda Qarshi shahar IIBB xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar

''ning rasmi

Jamiyat Bugun 09:50

'O'zbekistonning qaysi hududida aholi daromadlari eng past va eng yuqori?'ning rasmi

Jamiyat 04.11.2025 21:38

O'zbekistonning qaysi hududida aholi daromadlari eng past va eng yuqori?

9 oy holatiga fuqarolarning umumiy daromadlari 825,3 trillion so‘mni tashkil etdi.

''ning rasmi

Jamiyat 04.11.2025 20:00

'O'zbekistonning bir nechta hududlarida kuchli shamol va chang-to'zon kutildi'ning rasmi

Jamiyat 04.11.2025 09:31

''ning rasmi

Jamiyat 04.11.2025 09:15

'Toshkentda oshxona alanga ichida qoldi'ning rasmi

Jamiyat 04.11.2025 09:10

Toshkentda oshxona alanga ichida qoldi

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari o‘rganilmоqda.