AsosiySiyosat

O‘zbekiston va Yaponiya yetakchilari telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston bosh vazir Kishidaning joriy yil 10-11 avgust kunlariga rejalashtirilgan rasmiy tashrifi muddatlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi qarorini to‘liq tushunishi ta’kidlandi.

'O‘zbekiston va Yaponiya yetakchilari telefon orqali muloqot qildi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 avgust kuni yapon tomonining tashabbusi bilan Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kishida bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Davlatimiz rahbari Yaponiyaning janubi-sharqida kuchli zilzila ro‘y bergani va sunami kutilayotganidan xavotir bildirdi.

O‘zbekiston Yaponiya tomonining "Markaziy Osiyo + Yaponiya" birinchi sammitini o‘tkazish va Bosh vazir Kishidaning joriy yil 10-11 avgust kunlariga rejalashtirilgan mamlakatimizga rasmiy tashrifi muddatlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi qarorini to‘liq tushunishi ta’kidlandi.

Tayyorgarlik tadbirlarini davom ettirish va tashrifni tashkil etishning yangi muddatlarini diplomatik kanallar orqali kelishishga ahdlashib olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar