Iste`dodli xonanda Saidakbar ma`lum bir tanaffusdan so`ng yana san`at olamiga qaytdi. Ayni vaqtda ijodkorimiz qizg`in ijod jarayonida davom etib, yangidan-yangi, takrorlanmas qo`shiqlar guldastasini tayyorlash bilan band.
Saidakbar ilk qo`shiqchilik olamiga kirib kelgan jarayonida yaratgan insonlarni raqsga chorlovchi sho`x qo`shiqlari hamda ko`ngillarga malham bo`lguvchi mahzun taronalari xalqimizga manzur bo`lgan edi.
Saidakbarning ashaddiy muxlislari talablariga ko`ra ilk ijod namunasi sifatida “Ona” deb nomlangan yangi qo`shiq kuyladi.
Taronaning so`zlari Sulaymon Shodievga, musiqasi esa Abduhoshim Ismoilovga tegishli. Musiqa sayqali muallifi Sherzod Ozodov.
Yaqin kunlarda ijodiy jamoa ushbu qo`shiqqa orignal tarzda videoklip tavirga olishni rejalashtirgan.





