Homiladorlikning ikkinchi uchoyligiga kelib, estrogen gormoni tufayli asabiylashish va qo`rquv hissi paydo bo`lishi, shu sababli uyqusizlik kuzatilishi mumkin. Bunday nozik pallada dori vositalarini qabul qilish tavsiya etilmaydi. Shuning uchun quyidagi qoidalarga rioya qilishni maslahat beramiz.
1. Bir vaqtda uxlab, bir vaqtda uyg`onishga odatlaning. hattoki dam olish kunlari ham bu qoidaga rioya eting.
2. Har kuni 20-30 daqiqani kechki sayrga bag`ishlang.
3. Homiladorlik vaqtida, soat 19:00dan so`ng aqliy va jismoniy toliqtiradigan ishlarni bajarmaslikka harakat qiling.
4. Kunduzi uxlamang! O`z vaqtida bu odatdan voz keching.
5. Oz-ozdan tez-tez ovqatlaning. Iloji boricha kechki taomni me`yorida istemol qiling. Qorinning to`q bo`lishi ham uyqusizlikka olib keladi.
6. Yotoqxonadagi qulay muhit tiniqib uxlashining garovi hisoblanadi. Shuning uchun kompyuter va televizorni boshqa xonaga olib chiqib qo`ying.
7. Tiniqib dam olishingiz uchun homiladorlarga mo`ljallangan maxsus yostiqlar ham ko`maklashishi mumkin.
8. Tug`ruqdan oldingi qo`rquv va hadikdan xalos bo`lish uchun esa qiziqarli mashg`ulot bilan shug`ullaning. Masalan, rasm chizish, to`qish va shunga o`xshash chalg`ituvchi mashg`ulotlar bilan shug`ullaning. Shunda toliqqan asablar bo`shashib, uyqu yaxshilanadi.





