AsosiySiyosat

“Sizlarni qo‘llab-quvvatlashga, yanada qulay sharoitlar yaratib berishga men doim tayyorman”

Prezident tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda ilg‘or biznes vakillariga minnatdorchilik bildirdi.

'“Sizlarni qo‘llab-quvvatlashga, yanada qulay sharoitlar yaratib berishga men doim tayyorman”'ning rasmi

Shavkat Mirziyoyev 20 avgust kuni Nukusdagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda ularni qo‘llab-quvvatlashga, yanada qulay sharoitlar yaratib berishga doim tayyorligini aytdi.

Ushbu uchrashuvda ishtirok etish uchun Qoraqalpog‘istonda O‘zbekistonning barcha hududlaridan 300 ga yaqin tadbirkor va investorlar to‘plandi. Shuningdek, muloqotda xorijda biznesini yo‘lga qo‘ygan yana 40 dan ortiq vatandoshlar ishtirok etmoqda. Hududiy studiyalardan 3 mingga yaqin biznes vakillari qatnashmoqda.

Yaqinda ilg‘or biznes vakillaridan 37 nafari orden va medallar bilan, 104 nafari “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangandi. Fursatdan foydalanib, davlat rahbari ularni chin dildan tabriklab, fidokorona mehnati uchun o‘z nomidan, butun xalqimiz nomidan samimiy minnatdorlik bildirdi.

“Sizlar yangilik yaratishdan, tashabbus ko‘rsatishdan charchamanglar. Sizlarni qo‘llab-quvvatlashga, yanada qulay sharoitlar yaratib berishga men doim tayyorman!”, dedi prezident.

Prezident bugungi tahlikali va murakkab zamonga qaramasdan, O‘zbekiston iqtisodiyoti barqaror o‘sib borayotgani, dunyodagi nufuzli xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlar yetakchilari buni e’tirof etayotganini qayd etdi.

Yaqinda Xalqaro valyuta jamg‘armasi mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti ilk bor 100 milliard dollardan oshganini tasdiqladi. 

Shunday marraga erishishda ilg‘or texnologiyalar asosida zamonaviy korxonalar ochayotgan, yuz minglab yangi ish o‘rinlarini yaratayotgan va dunyo bozorlariga jadal kirib borayotgan azm-u shijoatli tadbirkorlarning hissasi beqiyos ekani e’tirof etildi.

    Boshqa yangiliklar