AsosiyJamiyat

Magistratura mandati kechiktirildi(mi?)

Magistraturaga hujjat topshirishda soxta til sertifikatidan foydalanganlar bo‘lgan.

'Magistratura mandati kechiktirildi(mi?)'ning rasmi

Bloger Xushnudbek magistratura javobi bugun chiqmasligini ma’lum qildi

"Bugun chiqmaydi. Umuman olganda magistraturaga o‘qishga kirish bo‘yicha yakuniy javob yaqin kunlarda chiqishi kutilmayapti, kamida yana 1 haftalar kutilsa kerak.

Sababi hozirda talabgorlar tomonidan topshirilgan xorijiy tilni bilishni tasdiqlovchi sertifikatlar tekshirilmoqda. Afsuski, orasida soxtalari ham bor. Shuning uchun har bir sertifikat asosi rasmiy hujjatlar orqali tekshirilmoqda", – deydi bloger.

Ta’kidlanishicha, eng ko‘p vaqt O‘zbekistonda emas, xorijda olingan sertifikatlarni tekshirish jarayoniga ketmoqda.

"Xullas, yaqin bir hafta ichida magistratura javoblari chiqmasa kerak, kutib o‘tirmang", – deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar