AQShning Nyu-York shahrida uxlab yotgan uysiz erkakka metro vagonida o‘t qo‘ygan 19 yoshli Xiram Karrero 5,5 yil muddatga federal qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 2025 yil 1 dekabr kuni tong soat 03:00 lar atrofida metro poyezdida sodir bo‘lgan. O‘sha paytda o‘rta maktabning so‘nggi sinfida o‘qigan Karrero qog‘oz bo‘lagini yoqib, uxlab yotgan 56 yoshli uysiz erkakning yoniga tashlagan va metrodan chiqib, jabrlanuvchini yonayotgan vagon ichida qoldirib ketgan.
Jabrlanuvchi keyingi bekatda olov ichida vagondan chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Favqulodda xizmatlar uni qutqarib, og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazgan. Erkak omon qolgan bo‘lsa-da, tanasida doimiy chandiqlar va jiddiy shikastlanishlar qolgan.
Karrero 2026 yil mart oyida o‘t qo‘yish aybini tan olgan. Hukm 2026 yil 23 iyun kuni Manxetten federal sudida sudya Lyuis Liman tomonidan e’lon qilindi. Sud unga 66 oylik qamoq jazosi, uch yillik nazorat muddati va jabrlanuvchiga kompensatsiya to‘lash majburiyatini yukladi.






