AsosiyJamiyat

COVID-19 ning "Tsikada" shtammi Oʻzbekistonga tahdid solmaydimi?

Mutaxassislar yangi mutatsiya tarqalish ehtimoli pastligini ta'kidlamoqda.

'COVID-19 ning "Tsikada" shtammi Oʻzbekistonga tahdid solmaydimi?'ning rasmi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, COVID-19’ning BA.3.2 — “Tsikada” deb nomlangan yangi shtammi hozirgacha 20 dan ortiq davlatda aniqlandi. Biroq O‘zbekistonda epidemiologik vaziyat barqaror bo‘lib, usbu mutatsiya keng tarqalishi ehtimoli past, deydi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik qo‘mitasi vakili Nurmat Otabekov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur shtamm ancha oldin aniqlandi bo‘lib, tez tarqalmasligi bilan ajralib turadi. “Tsikada” nomi ham uzoq vaqt “sezdirmay” mavjud bo‘lishi mumkinligi sabab berilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u COVID-19’ning “Omikron” shtammiga o‘xshash belgilari — yo‘tal, tomog‘ og‘rig‘i, burun bitishi va ba’zan hid-ta’m yo‘qolishi bilan kechadi. Mutaxassislar ayniqsa bolalar orasida yuqish holatlari ko‘proq kuzatilayotganini bildirmoqda.

Shu bilan birga, aholining katta qismida shakllangan jamoa immuniteti tufayli jiddiy xavotirga o‘rin yo‘qligi ta’kidlandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Texnikum va litseylar uchun milliy reyting joriy etiladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:48

    Texnikum va litseylar uchun milliy reyting joriy etiladi

    Yangi tizim ta'lim sifati va muassasalar o'rtasida raqobatni kuchaytirishga qaratilgan.

    'Toshkent iqtisodiyoti uchun yangi o‘sish nuqtalari belgilandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:30

    Toshkent iqtisodiyoti uchun yangi o‘sish nuqtalari belgilandi

    Prezident poytaxtda iqtisodiy o‘sishni tezlashtirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgiladi.

    'Xitoylik fuqaro 2200 ta chumoli bilan qo'lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:30

    Xitoylik fuqaro 2200 ta chumoli bilan qo'lga tushdi

    Keniyada noqonuniy ravishda tirik chumolilarni olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxsga nisbatan qat'iy jazo tayinlandi.

    'Jizzaxda FVB mansabdorisi pora bilan ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:15

    Jizzaxda FVB mansabdorisi pora bilan ushlandi

    Mirzacho‘l tumanida favqulodda vaziyatlar bo‘limi rahbar o‘rinbosari 3 million so‘m pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

    '“O‘zgidromet” 17 aprelda qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 02:55

    “O‘zgidromet” 17 aprelda qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    Unga ko‘ra, juma kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

    '186 mlrd so‘mlik ish: ayblanuvchi amaldorlar ozod qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 16.04.2026 13:29

    186 mlrd so‘mlik ish: ayblanuvchi amaldorlar ozod qilindi

    Ichki ishlar vazirligi tizimidagi yirik moliyaviy qonunbuzarlik bilan bog‘liq isda ayblangan mansabdorlar zararni qoplaganidan so‘ng ozodlikka chiqarildi.