AsosiySIYOSAT

Oʻzbekistonning eng gavjum shahri maʼlum boʻldi

Qayd etilishicha, 2026 yil 1 aprel holatiga ko‘ra, mamlakatning doimiy aholisi soni qariyb 38,4 million nafarga etgan.

'Oʻzbekistonning eng gavjum shahri maʼlum boʻldi'ning rasmi

O‘zbekistonda aholisi eng ko‘p bo‘lgan tuman va shaharlar reytingi e’lon qilindi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2026 yil 1 aprel holatiga ko‘ra, mamlakatning doimiy aholisi soni qariyb 38,4 million nafarga etgan.

Statistikaga ko‘ra, aholisi eng ko‘p hududlar reytingida birinchi o‘rinni Namangan shahri egallagan. Hozirda shaharda 731,3 ming nafar aholi istiqomat qiladi.

Ikkinchi o‘rindan Samarqand shahri joy olgan bo‘lib, u yerda 607,6 ming nafar kishi yashaydi. Keyingi pog‘onada esa Samarqand viloyatining Urgut tumani qayd etilgan. Tuman aholisi soni 588,6 ming nafarni tashkil qilgan.

Shuningdek, reytingning yuqori qismida Andijon shahri (506 ming nafar) hamda Surxondaryo viloyatining Denov tumani (442,7 ming nafar) qayd etilgan.

Toshkent shahridan uchta tuman — Olmazor tumani (419,6 ming nafar), Yunusobod tumani (395 ming nafar) va Shayxontohur tumani (374,6 ming nafar) mamlakatning eng aholi gavjum hududlari qatoriga kiritilgan.

Ro‘yxatdan, shuningdek, Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumani 401,5 ming nafar va Andijon viloyatining Asaka tumani 369,6 ming nafar aholi bilan o‘rin olgan.

Shu tariqa, Namangan shahri nafaqat boshqa viloyat markazlarini, balki Toshkent shahrining eng yirik tumanlarini ham ortda qoldirib, O‘zbekistonning eng aholi gavjum hududi sifatida qayd etildi.

Avvalroq Milliy statistika qo‘mitasi hududlar kesimida aholi soni eng ko‘p bo‘lgan viloyat ham ma’lum qilgan edi. Unga ko‘ra, Samarqand viloyati 4 million 396,8 ming nafar doimiy aholi bilan respublikada birinchi o‘rinni egallagan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Mirziyoyev: Energiya tejamkor uylar xarajatni 30 foizgacha kamaytiradi'ning rasmi

    SIYOSAT Bugun 07:43

    Mirziyoyev: Energiya tejamkor uylar xarajatni 30 foizgacha kamaytiradi

    Prezident viloyat, tuman va shahar hokimlariga Qamashi tajribasini o‘rganishni topshirdi.

    'O‘zbekistonda mehmonxonalar qurilishida mahalliy materiallar ulushi 95 foizga yetkaziladi'ning rasmi

    SIYOSAT Bugun 07:32

    O‘zbekistonda mehmonxonalar qurilishida mahalliy materiallar ulushi 95 foizga yetkaziladi

    Yig'ilishda Toshkent viloyatining Parkent tumanida yaqin kunlarda foydalanishga topshirilishi kutilayotgan “Kumushkon Resort” turistik majmuasi misol qilib keltirildi.

    'Shavkat Mirziyoyev: Andijonning madaniyat poytaxti sifatida tan olinishi O‘zbekistonga berilgan yana bir xalqaro e’tirofdir'ning rasmi

    SIYOSAT Bugun 05:14

    Shavkat Mirziyoyev: Andijonning madaniyat poytaxti sifatida tan olinishi O‘zbekistonga berilgan yana bir xalqaro e’tirofdir

    Davlat rahbari o‘z murojaatida Andijon shahrining mazkur maqomga munosib ko‘rilganini O‘zbekistonning boy tarixi, madaniy-ma’naviy merosi va turkiy sivilizatsiya taraqqiyotiga qo‘shgan hissasining xalqaro miqyosdagi e’tirofi sifatida baholadi.

    'Mirziyoyev va Toqayev strategik sheriklikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi'ning rasmi

    SIYOSAT 24.06.2026 13:49

    Mirziyoyev va Toqayev strategik sheriklikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi

    Suhbat davomida davlat rahbarlari O‘zbekiston–Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash muhimligini ta’kidladi.

    'Saida Mirziyoyeva qizlar ta'limi haqida gapirdi'ning rasmi

    SIYOSAT 23.06.2026 11:54

    Saida Mirziyoyeva qizlar ta'limi haqida gapirdi

    Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva mamlakat oliy ta’lim tizimida qizlarning ishtiroki ortib borayotganiga e’tibor qaratdi.

    'Yangi Namanganda IT-park qurilishiga tamal toshi qo‘yildi'ning rasmi

    SIYOSAT 23.06.2026 09:45

    Yangi Namanganda IT-park qurilishiga tamal toshi qo‘yildi

    Davlat rahbari tadbirda so‘zga chiqib, Yangi O‘zbekistonda raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal rivojlantirish, yuqori daromadli ish o‘rinlarini ko‘paytirish hamda zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish davlat siyosatidagi ustuvor yo‘nalishlardan biri ekanini ta’kidladi.