AsosiySIYOSAT

Mirziyoyev va Toqayev strategik sheriklikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi

Suhbat davomida davlat rahbarlari O‘zbekiston–Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash muhimligini ta’kidladi.

'Mirziyoyev va Toqayev strategik sheriklikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bugun, 24 iyun kuni telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat davomida davlat rahbarlari O‘zbekiston–Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash muhimligini ta’kidladi.

Tomondlar ikki mamlakat o‘rtasidagi amaliy hamkorlik, ayniqsa, savdo-iqtisodiy aloqalar, sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport, ekologiya, qishloq va suv xo‘jaligi sohalaridagi hamkorlik yuqori sur’atlarda rivojlanayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Shuningdek, barcha darajalardagi faol muloqotlar va o‘zaro almashinuvlar alohida e’tirof etildi. Davlat rahbarlari ikki mamlakat Prezidentlari administratsiyalari o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan yaqin hamkorlik erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirish hamda ikki tomonlama sheriklik kun tartibini yangi tashabbus va loyihalar bilan boyitishga xizmat qilayotganini ta’kdladi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashdi. Shuningdek, yaqin vaqtda bo‘lib o‘tadigan ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi.

    Boshqa yangiliklar