AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev “Air Products” kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori bilan uchrashdi.

Bugungi kunda "Air Products" bilan qo‘shma loyihalar portfeli 2,5 milliard dollardan oshdi.

'Shavkat Mirziyoyev “Air Products” kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori bilan uchrashdi.'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 avgust kuni "Air Products" kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Seyfi Gasemini qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

O‘zbekistonda yuqori texnologik sanoat korxonalarini tashkil etishga faol sarmoya kiritayotgan yetakchi xalqaro kompaniyalardan biri bilan o‘zaro manfaatli strategik hamkorlikni yanada kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Bugungi kunda mamlakatimizda "Air Products" bilan qo‘shma loyihalar portfeli 2,5 milliard dollardan oshdi.

Uglevodorodlarni chuqur qayta ishlash va kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasida innovatsion loyihalarni amalga oshirish, qishloq xo‘jaligida ilg‘or texnologik yechimlarni joriy etish, shuningdek, energetika va kimyo tarmoqlari uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylanadi'ning rasmi

    Siyosat11.09.2024 20:57

    Kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylanadi

    Bosh prokurorning kambag‘allikni qisqartirishga oid qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat uchun mas’ul alohida o‘rinbosari tayinlandi

    'Kambag‘al oilalar farzandlarini bog‘cha, maktab, texnikum va oliygohlarda sifatli ta’lim olishini tashkil qilish Shahnoza Mirziyoyeva zimmasiga yuklatildi'ning rasmi

    Siyosat11.09.2024 19:21

    Kambag‘al oilalar farzandlarini bog‘cha, maktab, texnikum va oliygohlarda sifatli ta’lim olishini tashkil qilish Shahnoza Mirziyoyeva zimmasiga yuklatildi

    Moliyaviy mustaqil bo‘lgan oliygohlarni har biri yiliga kamida 1 milliard so‘mlik grant e’lon qiladi.

    '“Odamlarga qancha yordam bermaylik, mahallalar sharoitini yaxshilamasak, kambag‘allik qisqarmaydi”'ning rasmi

    Siyosat11.09.2024 18:07

    “Odamlarga qancha yordam bermaylik, mahallalar sharoitini yaxshilamasak, kambag‘allik qisqarmaydi”

    2025 yili mahallalar infratuzilmasini rivojlantirishga barcha manbalardan 1,6 milliard dollar ajratiladi.

    'Olti oyda Navoiy, Surxondaryo, Farg‘ona va Toshkentda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha o‘zgarish bo‘lmagan'ning rasmi

    Siyosat11.09.2024 18:02

    Olti oyda Navoiy, Surxondaryo, Farg‘ona va Toshkentda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha o‘zgarish bo‘lmagan

    Hozirda korxonalarda 250 mingta bo‘sh ish o‘rni bor, lekin, kambag‘al oilani 35 foiz ishga layoqatli a’zolarida bilim va ko‘nikma kam.

    'Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi yangi elchisi Toyvo Klaar ish boshladi'ning rasmi

    Siyosat11.09.2024 17:18

    Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi yangi elchisi Toyvo Klaar ish boshladi

    So‘nggi yetti yilda u Yevropa Ittifoqining Janubiy Kavkaz va Gruziyadagi inqiroz bo‘yicha maxsus vakili bo‘lib ishlagan.

    'Shavkat Mirziyoyev Olimpiya shaharchasi qurilishini borib ko‘rdi'ning rasmi

    Siyosat10.09.2024 21:01

    Shavkat Mirziyoyev Olimpiya shaharchasi qurilishini borib ko‘rdi

    Mutasaddilar ochilish marosimi va musobaqalar paytida bo‘lajak sharoitlar yuzasidan axborot berdi.