Muzokaralar davomida ikki davlat o‘rtasida siyosiy muloqotni faollashtirish, tashqi ishlar idoralari o‘rtasida hamkorlik mexanizmlarini yaratish, shuningdek, savdo-iqtisodiy va turizm sohalarida aloqalarni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Seyshel o‘rtasida umumiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.
Ma’lumot uchun, Seyshel (Seyshel Respublikasi) Hind okeanida, Madagaskardan shimoli-sharqda, Afrikaning sharqiy qirg‘og‘idan taxminan 1 600 km uzoqlikda joylashgan davlatdir.






