AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda xotin-qizlarga himoya orderi onlayn tarzda beriladi

Endi himoya orderlarini YAIDXP orqali va profilaktika inspektorining tashabbusi bilan takroriy hodisalarda onlayn olish mumkin.

'O‘zbekistonda xotin-qizlarga himoya orderi onlayn tarzda beriladi'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga tazyiq va zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan xotin-qizlarga himoya orderi berish tartibini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan quyidagilar nazarda tutiladi:

• tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollarga YAIDXP orqali himoya orderi berish;

• orderni elektron shaklda berish;

• himoya orderini berish jarayonini avtomatlashtirish;

• profilaktika inspektori tomonidan himoya orderini tashabbus tartibida berish.

Himoya orderi profilaktika inspektori tomonidan tazyiq, zo‘ravonlik holati yoki ularning yuzaga kelish xavfi aniqlangan paytdan e’tiboran 24 soat ichida beriladi.

YAIDXP orqali himoya orderini rasmiylashtirish va berish bepul amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, 1 dekabrdan boshlab tazyiq va zo‘ravonlik holatlari aniqlanganda bir kalendar yil davomida ikki va undan ortiq marotaba himoya orderi profilaktika inspektori tomonidan uning tashabbusi bilan beriladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 21:01

    'Eng olis, eng chekka hududlar aholisiga yordam ko‘rsatilyapti'ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 16:10

    Eng olis, eng chekka hududlar aholisiga yordam ko‘rsatilyapti

    Nukus shahridan yuz kilometr olisdagi Qo‘ng‘irot tumanining “Qo‘ng‘irot”, “Qoratol” ovullarida aholi, “mahalla yettiligi” bilan muloqotlar asnosida kichik tadbirkorlik subyektlari vakillarini o‘ylantirayotgan masalalar o‘rganilib, joyida yechim topib berildi. Og‘ir ijtimoiy ahvoldagi oilalarga amaliy yordam ko‘rsatildi.

    'Mirzacho‘l tumani tibbiyot birlashmasida budjet mablag‘lari talon-toroj qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 10:41

    Mirzacho‘l tumani tibbiyot birlashmasida budjet mablag‘lari talon-toroj qilindi

    17 nafar ishchi-xodim nomiga yozib jami 935 mln 455 ming so‘m pul mablag‘i ish haqi sifatida asossiz ravishda to‘lanib, o‘zlashtirilgan.

    'Qarshida uch farzandi bilan vafot etgan ota bo‘yicha tekshirish harakatlari olib borilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 09:25

    'O‘zbekistonda qariyb 2 mingga yaqin noqonuniy chiqindixona borligi aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 09:06

    O‘zbekistonda qariyb 2 mingga yaqin noqonuniy chiqindixona borligi aniqlandi

    Noqonuniy chiqindixonalar 720 gektardan ziyod maydonni egallagan.

    'Bugun Toshkent va vodiy viloyatlarida qor yog‘adi'ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 08:14

    Bugun Toshkent va vodiy viloyatlarida qor yog‘adi

    Harorat 0-5 daraja atrofida bo‘ladi.