AsosiySalomatlik

Homiladorlikda tish og`rig`i

Homiladorlik davrida organizmda kalsiy almashinuvi o`zgaradi. Natijada kalsiy etishmovchiligi yuzaga kelib, tishlar ziyon ko`ra boshlaydi. Ko`pchilik tish shifokori ko`rigi homila uchun zarar deb o`ylaydi. Ammo bu noto`g`ri. Axir karies infeksiyalar manbayi hisobalanib, tug`ilajak go`dakka zarar etkazishi mumkin.

1.    Birinchi uch oylikda iloji boricha tishlarni ehtiyot qilib, ko`proq kalsiyga boy maxsulotlardan iste`mol qiling-da, stomatolog ko`rigini keyinroqqa surib turing. Chunki ilk uch oylikda homila juda sezuvchan va nozik bo`ladi.

2.    Homiladorlikning ikkinchi uch oyligi tishlarni davolash uchun eng qulay vaqt sanaladi. Bu davrga kelib, kichkintoyning organlari deyarli rivojlanib bo`ladi va davo choralari unga zarar etkazmaydi.

3.    Shuningdek homildorlikning oxirgi oylarida ham tishlarni davolatish tavsiya etilmaydi. Chunki bu bo`lajak ona uchun kichik bo`lsa-da, stress sanaladi.  

4.    Hozirgi kunga kelib, homilaga ta`sir etmaydigan og`riqni qoldiruvchi dori vositalarlari ishlab chiqarilmoqda. Sizga ularning qay biri mos ekanligini tish shifokorining o`zi belgilaydi.

5.    Milkingiz qonasa, tishlaringiz sezuvchan bo`lib qolsa va tish og`rig`i uzoq davom etsa, homiladorlikning qaysi oyida bo`lishingizdan qat`iy nazar shifokor ko`rigidan o`ting.

6.    Tishlarni oqartirish, toshlarni olib tashlash, tish qatorini tekislash va tishni rentgen qilish homilador ayolga man etiladi!

 7.  Homiladorlikning baxtli onlarini kasal bo`lmay o`tkazishni istasangiz, homiladorlikni rejalashtirishdan oldin nafaqat tishlaringizni balki butun organizmni ko`rikdan o`tkazing. Kerak bo`lsa, davolaning. Axir sog`lom onadan sog`lom farzand dunyoga keladi!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar