Majburiy ijro byurosi Yangi Namangan tuman bo‘limi ish yurituvidagi yo‘q qilish bilan bog‘liq hujjat ijrosini ta’minlash maqsadida 2 juft qalbaki transport vositasi davlat raqami hamda 8 turdagi 33 dona alkogol mahsulotlari yo‘q qilindi. Bu haqida MIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Aniqlanishicha, mazkur mahsulotlar Namangan xalqaro aeroporti va Pop chegara bojxona postida o‘tkazilgan tadbir davomida ashyoviy dalil sifatida to‘xtatib qolingan. Jumladan, bitta holatda fuqaro I.N tomonidan Rossiya Federatsiyasida qalbaki usulda tayyorlangan transport davlat raqamini olib kirishga uringanda Namangan xalqaro aeroportida ushlab qolingan. Yana 4 ta holatda esa xorijda ishlab chiqarilgan 33 turdagi viski, aroq, konyak, vino mahsulotlari chegara maskanlarida to‘xtatib qolingan.
Sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra, mazkur to‘xtatib qolingan mahsulotlarni tegishli tartibda yo‘q qilib belgilangan. O‘tkazilgan navbatdagi tadbir davomida "Bojxona servis" davlat muassasasi Namangan viloyati bo‘limida saqlanayotgan mahsulotlar sindirish va to‘kib tashlash yo‘li orqali yo‘q qilindi.
Umuman olganda, joriy yilning o‘tgan davomida, Byuroning Namangan shahar va tumanlar bo‘limlari ish yurituviga qiymati 64,7 mln. so‘mlik alkogol mahsulotlarini yo‘q qilish bilan bog‘liq hujjatlar kelib tushgan hamda ijrosi amalda tamomlangan.