AsosiySiyosat

“Odamlarga qancha yordam bermaylik, mahallalar sharoitini yaxshilamasak, kambag‘allik qisqarmaydi”

2025 yili mahallalar infratuzilmasini rivojlantirishga barcha manbalardan 1,6 milliard dollar ajratiladi.

'“Odamlarga qancha yordam bermaylik, mahallalar sharoitini yaxshilamasak, kambag‘allik qisqarmaydi”'ning rasmi

Prezident raisligida bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida tuman hokimlari, sektor rahbarlari kambag‘al oilalar xonadoniga kirib, bu yerdagi sharoitni o‘z ko‘zi bilan ko‘rsagina natija bo‘lishi ta’kidlandi.

“Odamlarga qancha yordam bermaylik, mahallalar sharoitini yaxshilamasak, kambag‘allik qisqarmaydi”, dedi prezident.

Shu bois, kelgusi yilda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirishga barcha manbalardan 1,6 milliard dollar ajratiladi. Bu mablag‘larning 1,2 trillion so‘mi, avvalo, eng og‘ir 300 ta mahallada suv nasoslari va quyosh panellari o‘rnatishga beriladi. Yana 2 trillion so‘m hisobidan eng og‘ir 500 ta mahallada elektr, yo‘l, internet va boshqa infratuzilma masalalari hal etiladi. 

Bu ishlarni amalga oshirish uchun vazirlar, o‘rinbosarlari va maslahatchilari, boshqarma boshliqlaridan iborat 250 nafar rahbarga eng og‘ir 1 mingta mahalla bog‘lab beriladi. Shuningdek, viloyatdagi 2 ming va tumandagi 12 ming nafar rahbarning har biriga 5 tadan sharoiti eng og‘ir oila biriktiriladi.

Bugungi kunda respublika bo‘yicha kamida 50 ta ish o‘rni yaratgan 9 ming 200 ga yaqin tadbirkor bor. Ular yaqinda o‘tgan Prezident bilan ochiq muloqotdan ruhlanib, ko‘nikmasi va xohishi bor 500 ming odamga ish berishga tayyorligini bildirgan. Masalan, Baliqchi tumanidagi tadbirkor Xitoy tajribasi asosida kooperatsiya tizimini joriy etib, 520 nafar kambag‘al aholini ishli qilish tashabbusi bilan chiqayapti.

Tadbirkorga kredit berilsa, viloyatning har bir tumanida 1 tadan korxona ochib, unga 30 nafar ehtiyojmand oila vakilini ulushdor qilib kirgizib, 4-5 million so‘mgacha oylik to‘lamoqchi. Bunda, faqat ehtiyojmand odamlarni ishga olish – kreditning asosiy sharti bo‘ladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O'zbekiston Xitoydan salmoqli 15 milliard dollarlik investitsiya o'zlashtirdi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 17:24

    O'zbekiston Xitoydan salmoqli 15 milliard dollarlik investitsiya o'zlashtirdi

    Ushbu ma'lumot davlat rahbarining matbuot xizmati tomonidan ochiqlandi.

    'Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I O‘zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 11:42

    Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I O‘zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

    Toshkent shahrida Xitoy Xalq Respublikasi Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi Siyosiy byurosi aʼzosi, Tashqi ishlar vaziri Van I janoblarni qabul qilish marosimi boʻlib oʻtdi.

    'Nyu-York meri O'zbekistonga keldi'ning rasmi

    Siyosat 20.11.2025 08:13

    Nyu-York meri O'zbekistonga keldi

    Bu haqda Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

    '"Aholini kreditga majburlayapti". Mirziyoyev ikki hokimni nima uchun ishdan olganini aytdi'ning rasmi

    Siyosat 19.11.2025 20:20

    "Aholini kreditga majburlayapti". Mirziyoyev ikki hokimni nima uchun ishdan olganini aytdi

    Prezident Mirziyoyev Denov va Chiroqchi tumanlari hokimlari aholiga tayyor loyiha o‘rniga majburiy kredit o‘tkazayotgani va ishlarni nazoratsiz qoldirgani uchun ishdan olinganini ta’kidladi.

    'Shahnaza Mirziyoyeva yangi vazifa yuklatildi'ning rasmi

    Siyosat 19.11.2025 18:26

    Shahnaza Mirziyoyeva yangi vazifa yuklatildi

    Inklyuziv bandlikni kuchaytirish va qashshoqlikka qaytish xavfi yuqori boʻlgan oilalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha nazorat Shahnoza Mirziyoyevga topshirildi.

    'Prezident yig‘ilishida ikki hokim va ularning o‘rinbosarlari ishdan olindi'ning rasmi

    Siyosat 19.11.2025 17:22

    Prezident yig‘ilishida ikki hokim va ularning o‘rinbosarlari ishdan olindi

    Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida qashliq va qishloqlarda qashshoqlikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Denov va Chiroqchi tumanlaridagi kamchiliklar keskin tanqid qilindi va mansabdorlar lavozimidan ozod etildi.