AsosiyJamiyat

15 yil tanaffusdan so‘ng “Qorasuv” chegara bojxona posti qayta ochildi

Endilikda bu yerdan kuniga 12 ming nafardan ziyod fuqaro o‘tib-qaytishlari mumkin.

'15 yil tanaffusdan so‘ng “Qorasuv” chegara bojxona posti qayta ochildi'ning rasmi

Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani Qorasuv shahrida joylashgan “Qorasuv” chegara bojxona posti 15 yillik tanaffusdan so‘ng yana o‘z faoliyatini qayta tikladi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Ikki davlat rahbari o‘rtasidagi kelishuvga asosan O‘zbekistonning “Qorasuv” va Qirg‘izistonning “Korasuu” o‘tkazish punktlarining faoliyati qayta tiklanishi belgilab olingan edi.

“Qorasuv” chegara bojxona posti 3 gektardan ziyod maydonga ega bo‘lib, bu yerda ulkan qurilish-bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. 

Endilikda bu yerdan kuniga 12 ming nafardan ziyod fuqarolar o‘tib-qaytishlari mumkin. 

Post orqali yo‘lovchilar asosan yopiq inshootlar bo‘ylab harakatlanishadi. Postda bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini tezkor va samarali amalga oshirish uchun barcha sharoitlar nazarda tutilgan.

Postning ochilishi qo‘shni davlat fuqarolari uchun ham bir qator qulayliklarni yuzaga keltiradi. 

Jumladan, Qirg‘iziston Respublikasining  O‘sh viloyatidan Jalolobod viloyatiga o‘tish uchun shu vaqtga qadar 120 km masofa bosib o‘tilgan bo‘lsa, endi ushbu masofa 101 km.ga qisqarib, O‘zbekiston hududi bo‘ylab tranzit tarzida atigi 19 km harakatlanish, kifoya.

    Boshqa yangiliklar