AsosiyJamiyat

Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz 13,5% darajasida qoldirdi

Markaziy bank boshqaruvi tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishida asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

'Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz 13,5% darajasida qoldirdi'ning rasmi

Bank ma’lumotlariga ko‘ra, inflyatsiya avgust oyida 10,5% ni tashkil etdi va yil yakuniga qadar prognoz ko‘rsatkichlarga qadar pasayishi kutilmoqda. Shu bilan birga, joriy yilda sanoat ishlab chiqarish, qurilish va xizmatlar sohasida iqtisodiy o‘sish kuzatildi, bu esa yalpi talab va taklif o‘rtasidagi muvozanatga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.

Markaziy bank o‘rta muddatli davrda inflyatsiyaning 5% targetiga erishish maqsadida qat’iy pul-kredit siyosatini davom ettirishni rejalashtirmoqda. Asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish 2024 yilning 24 oktyabriga belgilangan.


    Boshqa yangiliklar