AsosiyDUNYO

Kanadada 93 yoshli milliarderga jinsiy zo‘ravonlik bo‘yicha hukm chiqarildi

Kanadada milliarder Frenk Stronax jinsiy zo‘ravonlikda aybdor deb topildi

'Kanadada 93 yoshli milliarderga jinsiy zo‘ravonlik bo‘yicha hukm chiqarildi'ning rasmi

Kanada sudi 93 yoshli milliarder, Magna International asoschisi Frank Stronaxni ikki nafar ayolga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik va shilqimlik qilishda aybdor deb topdi. Bu haqda CBC News nashriga tayanib Zamon.uz xabar berdi.

Ish Ontario oliy sudida, Toronto shahrida ko‘rib chiqilgan. Sud uni ikki epizod bo‘yicha aybdor deb topgan, yana uchta ayblov bo‘yicha esa oqlagan. Stronax o‘zini aybsiz deb hisoblashini bildirgan.

Sud materiallariga ko‘ra, voqealar 1970–1980 yillarga to‘g‘ri keladi. Jabrlanuvchilardan biri uning noo‘rin harakatlarini bayon qilgan, yana bir ayol esa shilqimlik holatlari sodir bo‘lganini aytgan.

Sudya qayd etishicha, ko‘p yillar o‘tgani sababli ko‘rsatmalarni baholash qiyinlashgan va ayrim epizodlar bo‘yicha yetarli dalillar mavjud emas.

Ma’lumot uchun, Frank Stronaxning boyligi 2018 yilda 1,5 milliard dollarga baholangan. Unga nisbatan yakuniy hukm 17 sentyabr kuni e’lon qilinishi kutilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    DUNYO Bugun 15:52

    'Turkiyada universitet imtihoniga ketayotganlar avariyaga uchradi'ning rasmi

    DUNYO Bugun 12:19

    'Ғазодаги зарбаларда Al Jazeera оператори ҳалок бўлди'ning rasmi

    DUNYO Bugun 10:09

    Ғазодаги зарбаларда Al Jazeera оператори ҳалок бўлди

    Isroil mudofaa kuchlari Al Jazeera telekanali operatori Ahmad Vishahnni HAMASning harbiy qanotida snayper bo'lganlikda aybladi.

    'Zelenskiy “Oq burgut” ordenini Polsha prezidentiga qaytarib yubordi'ning rasmi

    DUNYO Bugun 07:26

    Zelenskiy “Oq burgut” ordenini Polsha prezidentiga qaytarib yubordi

    Vladimir Zelenskiy “Oq burgut” ordeni bilan 2023 yil aprel oyida taqdirlangan edi.

    'Hormuz bo‘g‘ozi yana yopildi'ning rasmi

    DUNYO Bugun 05:54

    Hormuz bo‘g‘ozi yana yopildi

    Mazkur qaror 18-iyun kuni Tramp va Eron prezidenti Pezeshkiyon o‘rtasida imzolangan vaqtinchalik tinchlik kelishuvidan bir necha kun o‘tib qabul qilingan.

    'Pokistonda ikki portlash: qutqaruvchilar ham nishonga olindi'ning rasmi

    DUNYO 20.06.2026 13:05

    Pokistonda ikki portlash: qutqaruvchilar ham nishonga olindi

    Pokiston hukumati hududdagi xavfsizlik vaziyati yomonlashuvini qo‘shni Afg‘onistondagi guruhlar faoliyati bilan bog‘lamoqda.