AsosiyJamiyat

400 ta toshbaqani O‘zbekistondan olib chiqib ketayotgan shaxslar ushlandi

Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

'400 ta toshbaqani O‘zbekistondan olib chiqib ketayotgan shaxslar ushlandi'ning rasmi

«Farhod» chegara bojxona postida  katta hajmdagi tirik toshbaqalarni olib chiqilishi  bo‘lgan urinish fosh etildi.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Farxod” chegara bojxona posti xodimlari hamda Kontrabandaga qarshi kurashish guruhi tezkor xodimi tomonidan, Bekobod shahar DXX tezkor xodimlari bilan hamkorlikda, 400 dona  toshbaqalarni yashirincha olib chiqishga bo‘lgan urinish to‘xtatib qolindi. Bu haqda Toshkent viloyati Bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar qildi.

Yurtimizdan qo‘shni davlatga chiqib ketish uchun “Farxod” chegara bojxona postiga piyoda xolda kirib kelgan ikki nafar fuqaro yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan va hech qanday hujjatlari bo‘lmagan 153 dona toshbaqalar borligi aniqlandi. 

Shundan so‘ng olingan ma’lumotlar asosida bojxona xodimlari tomonidan tadbir davom ettirilib, “Farxod” chegara bojxona post atrofida to‘xtab turgan avtotransport vositasini xolislar ishtirokida  ko‘zdan kechirilganida, avtotransport vositasining yukxonasi hamda salon qismining orqa o‘rindig‘ida 4 dona qutilarga joylashtirilgan 247 dona toshbaqalar borligi aniqlandi. 

Tabiiy populyatsiyani saqlab qolish uchun ushbu tur Qizil kitobning yangi nashriga kiritilgan. Ayni damda, 400  dona O‘rta Osiyo toshbaqalari, Bekobod shahar ekologiya atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limiga vaqtincha saqlashga topshirildi. Keyinchalik ular tabiatga qo‘yib yuboriladi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar