Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning dastlabki uch oyida O‘zbekistonda 1 102 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan. Ularning 31,4 foizi — 346 tasi inson o‘limi bilan yakunlangan.
Qayd etilishicha, YTHlarning 13,6 foizi haydovchilarning piyodaga yo‘l bermasligi, 32,9 foizi belgilangan tezlikka amal qilmaslik, 4,2 foizi haydovchining harakat vaqtida uxlab qolishi va 22,4 foizi svetofor talablariga rioya etmaslik oqibatida yuz bergan.
“Havfsiz va sog‘lom yurt” oyligining birinchi bosqichida 43 931 ta tezkor-qidiruv va profilaktik tadbirlar o‘tkazilib, 4 009 ta giyohvandlik, 4 789 ta uyushgan jinoyatchilik, 25 475 ta korrupsiya hamda 6 348 ta terrorizmga qarshi kurashish yo‘nalishida noqonuniy holatlar aniqlandi.
Shuningdek, 489,7 kilogramm giyohvandlik moddasi, qariyb 308 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilinib, tarkibida giyohvandlik vositasi bo‘lgan 1 541 tup o‘simlik yetishtirilayotgani aniqlandi. Uyushgan jinoyiy guruhlar va shaxslardan 457 ta qurol hamda 6 584 dona o‘q-dori olinib qo‘yilgani ma’lum qilindi.






