AsosiyJamiyat

Toshkentdagi Bobur ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopiladi

Hududda yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini o‘tkazish ishlari amalga oshiriladi.

'Toshkentdagi Bobur ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopiladi'ning rasmi

Toshkent shahridagi iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror taminlash maqsadida Yakkasaroy tumanining Bobur ko‘chasi Shota Rustaveli ko‘chasi bilan kesiwmasidan Nukus ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismida 110 kV li yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini o‘tkazish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. 

Shu sababli, joriy yilning 18 sentyabr kunidan 5 oktyabr kuniga qadar Bobur ko‘chasining ushbu qismida avtotransport vositalarining harakati cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar elektr tarmoqlari MCHJ matbuot xizmati xabar qildi. 

"Haydovchilardan noqulayliklar uchun uzr so‘rab, aylanma yo‘llardan foydalanishlarini tavsiya etamiz",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar