AsosiyJamiyat

MAGATE bilan hamkorlikda onkologiya sohasida mutaxassislar tayyorlanadi

'MAGATE bilan hamkorlikda onkologiya sohasida mutaxassislar tayyorlanadi'ning rasmi

Shu kunlarda Avstriya poytaxti — Vena shahrida Atom energetikasi bo‘yicha xalqaro agentligi (MAGATE) Bosh konferensiyasining 68-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi Asilbek Xudayarov va MAGATE bosh direktori Rafael Grossi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda Toshkent shahrida yangidan barpo etilgan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi uchun mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha kelishuv imzolangan. 

Ushbu loyiha onkologik kasalliklarni diagnostika qilish va davolashning zamonaviy usullarini joriy etish, pirovardida O‘zbekistonda onkologiya xizmatining sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Biz ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyormiz, — dedi R.Grossi. 

    Boshqa yangiliklar