AsosiySiyosat

O‘zbekistonda “O‘zbek-polyak hamkorlik haftaligi” bo‘lib o‘tmoqda

Ikki mamlakat uchun manfaatli kelishuvlarga erishilmoqda.

'O‘zbekistonda “O‘zbek-polyak hamkorlik haftaligi” bo‘lib o‘tmoqda'ning rasmi

Polshaning Tibbiy mahsulotlari, tibbiy jihozlar va biotsid mahsulotlarini ro‘yxatdan o‘tkazish idorasi prezidenti Gjegoj Chesak boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi tashkil etildi. Bu haqda Elchixona rasmiy kanalida xabar berildi. 

Ma’lum qilinishicha, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Alisher Temirov bilan o‘tkazilgan uchrashuv yakunida hamkorlikda faoliyat olib borishga kelishilgan yo‘nalishlardagi ishlarni amalga oshirish bo‘yicha aniq harakatlar rejasidan iborat bo‘lgan yo‘l xaritasi imzolandi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda tomonlar ikki tomonlama hamkorlik va tartibga soluvchi organlar o‘rtasida ma’lumot almashish zarurligi to‘g‘risida kelishuvga erishdilar.

Shuningdek, Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Dilshod Rasulov va Polsha Madaniyat va milliy meros vazirligi davlat kotibi Bojena Jelazovska boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekistonning Polshadagi elchisi Amirsaid Agzamxo‘jayev ham ishtirok etdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Polsha munosabatlarining hozirgi holati, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda aloqalarni yanada rivojlantirish nuqtai-nazaridan muhokama qilindi.

Shunindek, O‘zbekistonda xotin-qizlarni davlat boshqaruvida faoligini oshirish, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va so‘ngi yillarda erishilgan natijalarga to‘xtalib o‘tildi.


Ma’lumot uchun, 19-25 sentyabr kunlari O‘zbekistonda “O‘zbek-polyak hamkorlik haftaligi” bo‘lib o‘tmoqda.

    Boshqa yangiliklar