AsosiyJamiyat

Olmaliqda 12 nafar o‘quvchi suvdan zaharlangan

Bolalar ombudsmani hodisa tafsilotlarini ochiqladi.

'Olmaliqda 12 nafar o‘quvchi suvdan zaharlangan'ning rasmi

Olmaliqda maktab o‘quvchilari suvdan zaharlangani haqida xabar e’lon qilingan edi.

Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilayotganligi ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, Olmaliq shahridagi ixtisoslashgan maktab o‘quvchilari maktab hududidagi filtrlanmagan suv iste’mol qilishi natijasida sog‘lig‘ida shikoyat qilib, joriy yilning 15 sentyabr kunidan 19 sentyabr kuniga qadar 12 nafar o‘quvchi o‘tkir ichak kasalligiga gumon qilinib, yuqumli kasalliklar bo‘limiga murojaat qilgan.

Aniqlanishicha, hozirda maktab o‘quvchilarining sog‘lig‘i ijobiy bo‘lib, ularning 7 nafariga uyida davolanishga javob berilgan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan tekshirish ishlari olib borilib, suvdan, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa vositalardan kimyoviy tahlil uchun namunalar olingan.

Shuningdek, mazkur vaziyat viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining ishchi guruhi tomonidan o‘rganilmoqda.

Hozirda holat yuzasidan Olmaliq tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar