AsosiyDunyo

Qozog‘istonda qor yog‘ib, harorat keskin sovishi kutilmoqda

Qo‘shni respublikada havo harorati 7 darajagacha tushib ketishi prognoz qilindi.

'Qozog‘istonda qor yog‘ib, harorat keskin sovishi kutilmoqda'ning rasmi

Qozog‘istonning shimoli va sharqida atmosfera frontlarining o‘tishi bilan sovuq tushadi. Bu haqda “Tengrinews”  xabar berdi.

26 sentyabr kuni mamlakatning janubi-sharqidagi tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmoqda. Yomg‘ir qorga aylanadi, tunda havo harorati 2 va 7 darajagacha sovib ketishi mumkin. Qolgan hududlarda shimoli-g‘arbiy antisiklon ta’sirida yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi.

Respublika bo‘ylab shamol kuchayishi prognoz qilingan. Kechasi va ertalab mamlakat shimolida, shimoli-g‘arbida va sharqida tuman tushishi ehtimoli bor.

Kunduzi havo harorati pasayadi: mamlakat g‘arbida 18-26 darajagacha, shimolda va sharqda 5-10, markazda 7-15, janubda 12-20, tog‘li hududlarda esa 2-10 darajagacha harorat kuzatiladi.

    Boshqa yangiliklar