AsosiyJamiyat

Buxorodagi tug‘uruqxonada bemor ayolning qarindoshlari janjal ko‘tarib, oynalarni sindirib tashladi

Ayolning qarindoshlari tug‘uruqxona xodimlari tomonidan pul talab qilinganini vaj qilib janjal ko‘targan.

'Buxorodagi tug‘uruqxonada bemor ayolning qarindoshlari janjal ko‘tarib, oynalarni sindirib tashladi'ning rasmi

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda tug‘uruqxonadagi ayolning qarindoshlari oynani sindirib, chiqarish uchun pul talab qilayotgani aks etgan videolar tarqalgandi. Buxoro Sog‘liqni saqlash boshqarmasi holatga izoh berdi.

Qayd etilishicha, joriy yil 6 oktyabr kuni soat 10:00 atrofida Shofirkon tumanining “Jo‘yrabod” MFY hududida yashovchi ayol M.I. tuman tug‘uruq bo‘limida tabiiy yo‘l bilan o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan. 

Tug‘ruqdan keyingi 2-3 sutkada amaldagi milliy emlash kalendari asosida yangi tug‘ilgan chaqaloq gepatit B hamda silga qarshi (BTSJ) emlangan. 

9 oktyabr kuni silga qarshi emlashdan so‘ng go‘dakda bezovtalik kuzatilgani, amaldagi standartlarga muvofiq, vaksina olgandan keyin 1-2 kun davomida chaqaloq tibbiy kuzatuvda bo‘lishi lozimligi aytilishiga qaramay, M.I. qaynotasining qistovi bilan uyga javob berishlarini so‘ragan.

Tug‘uruq bo‘limi tibbiyot xodimlari tomonidan bemorga javob berilmasligi ma’lum qilingan.

Shundan so‘ng, M.I.ning yaqin qarindoshlari (qaynotasi va turmush o‘rtog‘i) tug‘uruqxona xodimlari tomonidan pul talab qilinganini vaj qilib janjal ko‘targan va muassasa kirish eshigini sindirgan. 

O‘sha kuni bemor soat 23:00 atrofida yaqin qarindoshlari qat’iy talabi asosida uyiga chaqalog‘i bilan birga qoniqarli ahvolda olib ketilgan.

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '“Korrupsiyaga qarshi birlashaylik” dasturiga rasman start berildi'ning rasmi

    Jamiyat 03.07.2025 19:27

    “Korrupsiyaga qarshi birlashaylik” dasturiga rasman start berildi

    “O‘zbekneftgaz” AJ tizimida sog‘lom va korrupsiyasiz ish muhitini shakllantirish, jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish maqsadida ushbu dasturni yo‘lga qo‘ydi.

    'Xususiy OTMlarga litsenziya berish shartlari belgilandi'ning rasmi

    Jamiyat 03.07.2025 18:38

    Xususiy OTMlarga litsenziya berish shartlari belgilandi

    Yangi talablarga ko‘ra, OTMning ta’lim jarayoniga mo‘ljallangan binolari maydoni 5 ming kv/metrdan kam bo‘lmasligi kerak.

    'O‘zbekistonda Xalqaro xattotlik va kitobat san’ati maktabi tashkil qilinmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 03.07.2025 14:23

    O‘zbekistonda Xalqaro xattotlik va kitobat san’ati maktabi tashkil qilinmoqda

    Maktabga 6 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar tanlov yo‘li bilan qabul qilinadi.

    '“Samarqand no‘xat sho‘ragi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi'ning rasmi

    Jamiyat 03.07.2025 13:21

    “Samarqand no‘xat sho‘ragi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

    Adliya vazirligi ushbu taomni geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatiga kirg‘izdi.

    'Zangiotada sifatsiz dori vositalari  savdosiga chek qo‘yildi'ning rasmi

    Jamiyat 03.07.2025 12:52

    Zangiotada sifatsiz dori vositalari savdosiga chek qo‘yildi

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186 prim 3-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 03.07.2025 10:13