1

BMT: O`rtaer dengizida cho`kib ketayotgan muhojirlar soni yil oxirigacha 5 mingga etishi mumkin

Dunyo 02.12.2016, 20:01
BMT: O`rtaer dengizida cho`kib ketayotgan muhojirlar soni yil oxirigacha 5 mingga etishi mumkin

Evropaga O`rtaer dengizi orqali suzib o`tishga uringan qochoqlar soni yil oxiriga qadar 5 mingga etishi mumkin, deb yozadi “RIA Novosti” BMTning muhojirlar ishi bo`yicha bosh komissari Filippo Grandining so`zlariga asoslanib.

“O`rtaer dengiziga cho`kib ketgan muhojirlar soni, afsuski yil oxiriga qadar 5 ming nafarga etishi mumkin,—deydi Grandi Rim shahrida o`tkazilgan konferensiyada,—O`rtaer dengizida muhojirlarning cho`kib ketayotgani global inqiroz hisoblanadi”.

Uning so`zlariga ko`ra, joriy yilda O`rtaer dengizini 400 ming nafar muhojir kesib o`tgan, ularning bor-yo`g`i 170 ming nafari esa Italiyaga etib olgan.   

Grandining fikricha, Evropa yuzaga kelgan murakkab holatni bartaraf etish uchun “muhojirlarni qabul qilishning o`ziga xos tizimi”ni ishlab chiqishi kerak.

 

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1