AsosiyJamiyat

Abituriyentlar Bilim va malalakalarni baholash agentligini sudga berdi

Huquqshunoslik fanidan test yechgan abituriyentlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tavsiya etmagan qonun va kodekslardan savol-topshiriqlar tushganidan norozi bo‘lgan edi.

'Abituriyentlar Bilim va malalakalarni baholash agentligini sudga berdi'ning rasmi

Bir guruh abituriyentlar Bilim va malalakalarni baholash agentligini sudga berdi. Bu haqda advokat Muxriddin Shamsiddinov ma’lum qildi.

"Joriy yil iyul oyida yuridik yo‘nalishlarga imtihon topshirgan abituriyentlarga moddalar sanksiyalaridan (qancha jarima belgilangan, necha yilga "qamaladi" kabi) savollar tushgan. Universitetda o‘qib yurgan vaqtlarimda ustozlarim modda sanksiyasini yodlashni qatiy man etardi. Ya’ni biz umuman sanksiya yodlamasdik. Chunki birinchidan, yodlashni umuman imkoniyati yo‘q, ikkinchidan, bu kelgusi faoliyatda umuman kerak bo‘lmaydi", deb yozdi advokat.

Shamsiddinov advokat sifatida ishga kirishganini ma’lum qildi. Ish Toshkent tumanlararo ma’muriy sudida ko‘rib chiqilishi mumkin.

Avvalroq, huquqshunoslik fanidan test yechgan abituriyentlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tavsiya etmagan qonun va kodekslardan savol-topshiriqlar tushgani bo‘yicha shikoyat qilgan edi.

Bunga javoban Bilim va malakalarni baholash agentligi tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlari ro‘yxatini o‘z saytiga avvaldan joylashtirganini ma’lum qilgan. Amaldagi davlat ta’lim standatlari va o‘quv dasturlaridan chetga chiqish holatlari bo‘lmaganini ta’kidlagan. Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev esa agentlikning bu bayonotini "yolg‘on va safsata" deb atagandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:09

    Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi

    Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Shahzod Rismatovga hukm o‘qidi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:02

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 19:31

    'Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 16:27

    Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

    Markaziy bank 24 noyabr kuni uchun belgilangan yangi valyuta kurslarini e'lon qilindi.

    'Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 15:41

    Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi

    Havodagi PM2.5 va PM10 miqdori oshgan sharoitda yo'llarni namlash shahardagi ikkilamchi changlanishni qisqa vaqtda kamaytiruvchi eng tezkor choralardan biri hisoblanadi.

    'O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 13:18

    O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi

    Turistlar oqimini ko'paytirish, xizmatlar sifatini oshirish va investitsiyalarni rag'batlantirishni ko'zda tutadi.