1-afsona: Ertalab choy ichsangiz, tetiklashasiz!
Tasdiqlaymiz!
Choy yurak-qon tomirlari faoliyatini yaxshilaydi. Shuning uchun ham uni kunning birinchi yarmida ichish juda foydali.
2-afsona: Sutli choy xavfli...
Rad qilamiz!
Choy
Sut
Choy tarkibida tanin moddasi mavjud, sut aralashganda moddalar o`zgaradi, ammo xavf tug`dirmaydi. Biroq sutli choy kishini tetiklashtirmaydi. Aksincha uyquga tortadi.
3-afsona: O`ralgan (paketchali) choylar zararli
Bo`lmagan gap!
Ular sog`liq uchun zararli emas, ammo foydasi ham ko`pmas.
4-afsona: Ko`k choy va qora choy bu boshqa-boshqa navlar. Ko`k choy foydali o`simliklardan tayyorlanadi
Yolg`on!
Fermentlangan
Fermentlanmagan
Aslida ikkisi ham bir nav. Faqat ko`k choyning fermentlanganda rangi o`zgargan. Bir xil o`simlik bargidan ikki xil choy tayyorlanishi mumkin.
5-afsona: Qahvaga qaraganda choy tarkibida kofein kam
Bir chashka ichimlik tarkibida:
Ko`k choy
25-50 gr.
Qora choy
30-100 gr.
Qahva
30-200 gr.
Noto`g`ri!
Kofein miqdori choy yoki qahvaning naviga bog`liq.
6-afsona: Choyni quyuq damlab ichish kerak
Unday emas!
1-2 daqiqa
4-5 daqiqa
20 daqiqa
Juda ham quyuq qilib damlangan choy oshqozon va ichaklar kasalliklari huruj qilgan vaqtida mumkin emas.