AsosiyJamiyat

O‘zbekistonlik ayollar jamoasi AQSHda TechWomen dasturi g‘olibi bo‘ldi

O‘zbekistonlik ayollar bolalarda autizmni erta aniqlash va davolashga qaratilgan Bolajonim loyihasini ilgari surgan.

'O‘zbekistonlik ayollar jamoasi AQSHda TechWomen dasturi g‘olibi bo‘ldi'ning rasmi

O‘zbekistonlik ayollarning bolalarda autizmni erta aniqlash va davolashga qaratilgan Bolajonim loyihasi nafaqat ilk sarmoyasini oldi, balki O‘zbekistonning TechWomen g‘olibi bo‘lgan ilk jamoasi sifatida tarixga kirdi. Bu haqida jamoa a’zosi Dilbar Umarova o‘z Facebook sahifasida yozdi.

TechWomen - butun dunyo bo‘ylab xotin-qizlarga fan, texnologiya, muhandislik va matematika (STEM) sohasida o‘z salohiyatini rivojlantirishga yordam beradigan professional almashinuv dasturi. Unda 21 davlatdan qizlar ishtirok etishi mumkin. Bu yil dastur tarixida eng ko‘p nomzodlar – 6000 nafari ariza berib, ulardan 100 nafari AQSHga sayohat qilish va o‘qish uchun tanlab olindi.

    Boshqa yangiliklar