1

Stiven Xoking Rimda kasalxonaga yotqizildi

Dunyo 03.12.2016, 11:33
Stiven Xoking Rimda kasalxonaga yotqizildi

Zamonamizning eng mashhur fizigi Stiven Xoking Rimda kasalxonaga yotqizildi, deb xabar qildi “Vesti.ru” nashri.

74 yoshli yoshli olim Italiya poytaxtidagi Papa fanlar akademiyasiga konferensiyaga kelgan edi. Bu erda u Fransisk Rim Papasi bilan uchrashdi. Stiven Xoking 2 dekabr kuni kechasi kasalxonaga yotqizildi. Hozirda uning ahvoli bir muncha yaxshi.

Olim 22 yoshdaligida, 1963 yili unga “yonbosh amiotrofik sklerozi” tashxisi qo`yilgan. O`shanda vrachlar uni bor-yo`g`i 2-3 yil yashashini bashorat qilishgandi. Ammo fizika fanining mash`ali ularning bashoratini chippakka chiqardi. U nafaqat ilm-fan bilan mashg`ul bo`ldi, balki ikki marta uylanib, uch farzandning otasi bo`lishga ham ulgurdi. 

Olim butunlay falaj bo`lib qolganiga qaramay, faol turmush tarzini kechiradi, kompyuter nutq sintezatori orqali dars o`tadi, nutq so`zlaydi, dunyo ahli bilan muloqotda bo`ladi. Stiven Xokingning “Vaqtning qisqacha ta`rifi” kitobi 10 million nusxada chop etilgan. U kvant kosmologiyasining asoschilaridan biri hisoblanadi, bundan tashqari bolalar uchun “Jorj va Koinot sirlari” nomli asarni ham yozgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1