AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatidagi obyektlar poytaxtdagi tadbirkorlarga bo‘lib-bo‘lib to‘lashga beriladi

Sharti: ishchilarning 50 foizi kambag‘al oiladan bo‘lishi kerak.

'Toshkent viloyatidagi obyektlar poytaxtdagi tadbirkorlarga bo‘lib-bo‘lib to‘lashga beriladi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent viloyatini rivojlantirish vazifalari yuzasidan yig‘ilish boshlandi.

Qayd etilishicha, viloyatda tadbirkorlik qilishga ishtiyoq kundan-kun oshayapti. Poytaxtdagi korxonalar ham infratuzilma yaqinligi, yer, mulk solig‘i, ishchi kuchi arzonligi uchun Toshkent viloyatidan joy qidirayapti.

Shu bois, Toshkent, Qibray, Zangiota, Yuqorichirchiq, O‘rtachirchiq tumanlari, Chirchiq va Nurafshon shaharlari poytaxt tumanlari bilan hamohang rivojlanishi kerak, dedi Prezident.

Misol uchun, Toshkent tumanining Qorasaroy va Xasanboy guzari mahallalarida 97 gektarda industrial texnopark tashkil qilinadi.

Bu joyda 350 million dollarlik yuqori qo‘shilgan qiymatli loyihalarni tashkil qilish mumkin.

Bundan tashqari, tadbirkorlar jami 107 gektarda ekopark, akvapark, savdo kompleksi, mehmonxona va logistika markazlarini barpo etmoqchi, yana 100 gektarda 35 ming xonadonli ko‘p qavatli uylar qurishga tayyor turibdi.

Yig‘ilishda Toshkent tumani viloyat aholisiga uy-joy qurish uchun asosiy baza bo‘lishi kerakligi qayd etildi.

Shuningdek, Toshkent tumani orqali Qozog‘istondan kuniga 44 ming odam, jumladan 2-2,5 ming xorijiy turistlar o‘tib qaytadi.

Mutasaddilarga “Shifobaxsh suvlar” hududidan yana 5 ta sanatoriy qurish uchun joy topib, auksionga chiqarish, Shifobaxsh suvlar ko‘chasini kengaytirib, atrofida yirik savdo, sport va ko‘ngilochar markazlar, ko‘p qavatli uylar qurish bo‘yicha master reja ishlab chiqish topshirildi.

Poytaxtdagi korxonalarga viloyatdagi qurilishi to‘xtagan obyektlarga ko‘chib o‘tishni taklif qilish muhimligi ta’kidlandi.

Ancha vaqtdan beri sotilmagan 70 ta obyekt poytaxtdagi tadbirkorlarga bo‘lib-bo‘lib to‘lashga beriladi. Sharti – ishchilarning 50 foizi kambag‘al oiladan bo‘lishi kerak.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 21:01

    'Eng olis, eng chekka hududlar aholisiga yordam ko‘rsatilyapti'ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 16:10

    Eng olis, eng chekka hududlar aholisiga yordam ko‘rsatilyapti

    Nukus shahridan yuz kilometr olisdagi Qo‘ng‘irot tumanining “Qo‘ng‘irot”, “Qoratol” ovullarida aholi, “mahalla yettiligi” bilan muloqotlar asnosida kichik tadbirkorlik subyektlari vakillarini o‘ylantirayotgan masalalar o‘rganilib, joyida yechim topib berildi. Og‘ir ijtimoiy ahvoldagi oilalarga amaliy yordam ko‘rsatildi.

    'Mirzacho‘l tumani tibbiyot birlashmasida budjet mablag‘lari talon-toroj qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 10:41

    Mirzacho‘l tumani tibbiyot birlashmasida budjet mablag‘lari talon-toroj qilindi

    17 nafar ishchi-xodim nomiga yozib jami 935 mln 455 ming so‘m pul mablag‘i ish haqi sifatida asossiz ravishda to‘lanib, o‘zlashtirilgan.

    'Qarshida uch farzandi bilan vafot etgan ota bo‘yicha tekshirish harakatlari olib borilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 09:25

    'O‘zbekistonda qariyb 2 mingga yaqin noqonuniy chiqindixona borligi aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 09:06

    O‘zbekistonda qariyb 2 mingga yaqin noqonuniy chiqindixona borligi aniqlandi

    Noqonuniy chiqindixonalar 720 gektardan ziyod maydonni egallagan.

    'Bugun Toshkent va vodiy viloyatlarida qor yog‘adi'ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 08:14

    Bugun Toshkent va vodiy viloyatlarida qor yog‘adi

    Harorat 0-5 daraja atrofida bo‘ladi.