AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda 400 kg iste’molga yaroqsiz go‘sht to‘xtatib qolindi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

'Qashqadaryoda 400 kg iste’molga yaroqsiz go‘sht to‘xtatib qolindi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida iste’molga yaroqsiz go‘sht to‘xtatib qolindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ko‘kdala tumani bo‘limi tomonidan YHXB xodimlari bilan hamkorlikda "Umakay" YPX maskanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda "Qarshi-Samarqand" yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan "Cobalt" rusumli avtotransport vositasi to‘xtatib ko‘zdan kechirilganda fuqaro J.Ch. xavfsizlik talablariga javob bermaydigan qoramol go‘shtini o‘tkazish maqsadida olib ketayotgani aniqlanib, jami 400 kg. go‘sht ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Ziroat Mirziyoyeva “Yosh fermer” loyihasi doirasida Nukusda bo‘lib o‘tayotgan “Daladan dasturxongacha” ekologik ta’lim festivalida qatnashdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:57

    Ziroat Mirziyoyeva “Yosh fermer” loyihasi doirasida Nukusda bo‘lib o‘tayotgan “Daladan dasturxongacha” ekologik ta’lim festivalida qatnashdi

    Tadbirda Eco-schools Uzbekistan loyihasining asosiy ramzi bo‘lmish Yashil bayroq tantanali ravishda ko‘tarildi.

    'SSV tibbiyot sohasidagi korrupsion holatlar bo‘yicha xabar berishni so‘radi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:46

    SSV tibbiyot sohasidagi korrupsion holatlar bo‘yicha xabar berishni so‘radi

    Vazirlik ma’lumotlarning sir saqlanishi to‘liq kafolatlanishini bildirdi.

    'Andijonda Spark va Damas to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:41

    Andijonda Spark va Damas to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

    Mashinalar yonib ketgan va yana 2 kishi kasalxonaga yotqizilgan.

    'Toshkent markazidagi mehmonxonada yong‘in sodir bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:03

    Toshkent markazidagi mehmonxonada yong‘in sodir bo‘ldi

    Hozirda yong‘inni o‘chirish ishlari amalga oshirilmoqda.

    'Toshkent viloyatida 1000 ta avtobus xarid qilinib, yangi yo‘nalishlar yo‘lga qo‘yiladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:59

    Toshkent viloyatida 1000 ta avtobus xarid qilinib, yangi yo‘nalishlar yo‘lga qo‘yiladi

    Viloyatning ma’muriy markazi Nurafshon shahri va poytaxtga yangi qatnov liniyalarini ishga tushiradi.

    '“Islom – ezgulik va tinchlik dini” mavzusidagi xalqaro anjuman nihoyasiga yetdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:46

    “Islom – ezgulik va tinchlik dini” mavzusidagi xalqaro anjuman nihoyasiga yetdi

    Anjuman ishtirokchilari O‘zbekiston Prezidentiga murojaat yo‘llab, deklaratsiya qabul qildilar.